So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini XXR Bosh vaziri bilan uchrashuvdan boshladi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifini XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan uchrashuvdan boshladi.
Xalq yigʻinlari uyida oʻtgan uchrashuvda koʻp qirrali amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

XXR hukumati rahbari ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlari barcha soha va yoʻnalishlarda misli koʻrilmagan darajaga koʻtarilganini qayd etdi.
Oʻtgan yilda tovar ayirboshlash 50 foizga oshib, rekord koʻrsatkich – 14 milliard dollarga yetdi. Bu koʻrsatkichni, shu jumladan yuqori sifatli sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oʻzaro yetkazib berishni koʻpaytirish hisobiga 20 milliard dollarga yetkazish uchun salohiyat mavjudligi taʼkidlandi. Xitoydan Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 14 milliard dollardan oshdi.

Infratuzilmani modernizatsiya qilish, sanoat kooperatsiyasini, qishloq xoʻjaligida texnologiyalar transferini kengaytirish va “yashil” energetikani rivojlantirish boʻyicha alohida hamkorlik dasturlarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Xitoyning yetakchi bank-moliya institutlari bilan amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish hamda Xitoy kompaniyalarining Oʻzbekistondagi xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etishi istiqbollari koʻrib chiqildi.22-yanvar kuni Urumchi shahrida oʻtgan birinchi Oʻzbekiston-Xitoy hududlar forumi va sanoat koʻrgazmasi natijalari yuqori baholandi.

Xitoyda shu kunlarda taʼlim forumi va Oʻzbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli oʻtkazilayotgani qayd etildi. Tomonlar aviaqatnovlar va sayyohlik almashinuvini yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladilar.
Yakunda Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi Bosh vazirini tashrif bilan Oʻzbekistonga kelishga taklif qildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir