So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
“Men shok holatiga tushib qoldim” — Bogʻchada 5-6 yoshli qizlarga tegajogʻlik qilgan Mudiraning oʻgʻli 6-yilga qamaldi

Bogʻcha mudirasining oʻgʻli bolalar yotoqxonasida 5-6 yoshli qizlarni qoʻrqitib, yechintirgani va ularga nisbatan ahloqsiz harakatlarni amalga oshirgani uchun 6-yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Abidov maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 23-yanvar kuni jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudida voyaga yetmagan X. Sh.ga (2008-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilingan.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining sudyasi J. Kurbanov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqilgan.
Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq X. Sh. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 85-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “v” bandiga asosan 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni tarbiya koloniyalarda oʻtash belgilandi.
Kun.uzʻga holatni tasvirlab bergan ona bogʻcha sodir boʻlgan voqeadan shok holatga tushib qolganini aytgan:
«Mana shunaqa holat boʻlishiga bolalarni yolgʻiz qoldirgan bogʻcha opalari sharoit yaratib beryapti. Soʻrab-surishtirsak, bu ishni qilgan bola bogʻcha mudirasining oʻgʻli ekan. U har kuni maktabdan chiqib, bogʻchaga kelarkan hamda bemalol guruhlarga kirib yurarkan. Mudiraning oʻgʻli boʻlsa ham begona bolaning bogʻchaga kirib yurishi mumkin emas-ku.
Bizning guruh tayyorlov guruhi, qizlar katta boʻlgani uchun bu holatni aytib bera olishyapti. Agar kichik yoshdagilariga ham shunaqa qiliq qilsa, ular gapirib berolmaydi.
Bu kimlargadir hozir oddiy narsa boʻlib koʻrinayotgan boʻlishi mumkin. Lekin bu gapni eshitganimda men shok holatiga tushib qoldim. Bogʻchada shunaqa holat boʻladi deb xayolimning koʻchasiga ham kirmagan edi» - dedi u.



