So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Oʻzbekistonda “mahalla yettiligi” hodimlarining kasbiy bilim va koʻnikmalari yanada rivojlantiriladi
Bugundan Davlat boshqaruvi akademiyasida Respublika boʻylab “mahalla yettiligi”ni qayta tayyorlovchi trenerlarni oʻqitilishiga start berildi.
Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini taʼminlashda mahalla instituti eng muhim oʻrin tutadi. Prezidentimiz “Mahallalar — davlatimizning eng katta zamini”, - deya bejizga taʼkidlamagan edi.
Mahalla raisi, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” bugun tom maʼnoda fuqarolarning deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda, ularga qulay shart-sharoit yaratishda xizmat qiladigan muhim tizimga aylanib ulgurdi.
Ushbu tizimni yanada samarali ishlashini tashkil qilish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan qator vazifalar belgilab berilgan. Hususan, “mahalla yettiligi”ni tashkil qiluvchi davlat xizmatchilarini zamonaviy tajribalar asosida oʻqitish hamda qayta tayyorlash shular jumlasidandir.
Respublikada 10 mingga yaqin mahallalar borligi, hamda mavjud “mahalla yettiligi” vakillarining umumiy soni 55 mingdan ortiqligi inobatga olinsa, ularni qayta tayyorlash koʻp vaqt va resursni talab etuvchi mushkul ishdek tuyulishi mumkin.
Endilikda ushbu vazifani bajarish maqsadida trenerlarni oʻqitish jarayoni boshlandi. Ular esa oʻz oʻrnida Respublika boʻylab tarqalib, “mahalla yettiligi”ni qayta tayyorlash, zamon talabidagi bilim va tajribani yetkazish vazifasi bilan shugʻullanadilar.
Bugun Akademiyada tashkil etilgan maxsus oʻquvda Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Fargʻona, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan jami 157 nafar trenerlar ishtirok etmoqdalar. Qolgan viloyatlardan trenerlarni tayyorlash 25-26-yanvar kunlari amalga oshiriladi.
Maxsus oʻquv dasturining ochilish marosimida Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori A. Bekmurodov soʻzga chiqib, mahallalarning bugungi kunda hayotimizda tutgan oʻrni hamda ushbu oʻquvlardan kutilayotgan natijalar toʻgʻrisida soʻz yuritdi.
Shundan soʻng Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari O. Xasanov yigʻilganlarga “mahalla yettiligi”ni oʻqitishda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi toʻgʻrisida gapirdi.
Maʼlumot uchun, barcha trenerlar Davlat boshqaruvi akademiyasida joriy yilning 23-26-yanvar kunlari tayyorlanadi. 2024-yil 29-yanvaridan 25-fevraliga qadar Respublikadagi mavjud 55 mingdan ortiq “mahalla yettiligi”ga kiruvchi masʼullar oʻqitiladi.
Abduqodir Husanov, Jaloliddin Masharipov zaxirada, Abdulla Abdullayev asosiyda.