So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Sattoriy yaqinda ozodlikka chiqadi, Tojimuratov esa tushkun kayfiyatda — Tashanov
Oʻzbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov joriy yilning 12-yanvar kuni Navoiyda Dauletmurat Tojimuratov, 13-yanvarda esa Qarshida bloger Otabek Sattoriy bilan uchrashdi.
Tashanovga koʻra, ikki mahkumning ham sogʻligʻi bilan bogʻliq holatdan eʼtirozi yoʻq. Ular oʻzlariga nisbatan chiqarilgan sud hukmlaridan norozi, kelgusida oʻzlarining haq-huquqlari uchun kurashni davom ettirishmoqchi.
“Dauletmurat avvaliga oʻzini biroz asabiy tutdi. Dekabrning 25 sanasida uni jazoni ijro etish muassasasi tartibini buzganlikda ayblashibdi.
“Men unga buni huquqiy yoʻl bilan bartaraf qiling, axir siz huquq himoyachisi boʻlgansiz, sudga bering”, dedim. Koʻndi. Soʻng oʻziga xat va banderollarning kechikib kelayotganidan, oʻzining xatlari tashqariga chiqishi qiyin boʻlayotganidan shikoyat qildi” - deydi Tashanov.
Tashanovga koʻra, Tojimuratov oʻziga nisbatan advokatlari tomonidan ilgari surilayotgan qiynoq iddaolarini izohlarkan, oʻzining dastlabki tergovlar davrida sochining majburiy olinishi jarayonida xodimlarga faol qarshilik koʻrsatgani, oʻz navbatida xodimlar ham u bilan ziddiyatga borib, jismoniy kuch ishlatganini taʼkidlagan. Boshqa konkret qiynoq holatlari boʻyicha gapirmagan.
“Dauletmurat koloniya rahbarlarini juda yaxshi odamlar, ular bilan munosabatlarim juda yaxshi”, dedi. Lekin hamma narsa ularning qoʻlida emas, men jazoni ijro etish tizimini oʻzgartirish boʻyicha koʻp takliflar beryapman, boisi qonunchilikda mahkumlar bilan uzoq muddatli uchrashuvlar qattiq tartibli koloniyalarda ham, umumiy tartibdagisida ham, uzoq muddatga qamalgan va yengilroq jazolilarga ham bir xil, dedi.
Mahkumlarning osh-ovqatini yaxshilash, boshqa sharoitlarni tuzatish boʻyicha koʻp gapiraman, dedi. Nega menga oʻqishga kitoblar olib kelmadingiz?” dedi u” - deydi Tashanov.
Uning taʼkidlashicha, koloniyada mahkumlarning yaqinlari bilan uchrashuvlar davrida nazorat haddan tashqari kuchli, bu esa mahkumlar huquqini kamsitishdek koʻrinadi.
“Koloniya mamuriyatini qonunlardan ogʻishmaslik, ularga qattiq rioya qilishga chaqirdim. Illo, hammaning koʻnglini bir xilda topish qiyin, bu yerda yagona ustivorlik faqat qonun-qoidalarga amal qilishga berilishi kerak”, - dedi jamiyat rahbari.
Jamiyat faolining aytishicha, Qarshidagi manzil koloniyada bloger Otabek Sattoriy bilan uchrashuv juda yaxshi oʻtgan.
“Otabek avvalo oʻzini qoʻllab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirdi. Koloniya boshligʻining taʼkidicha, aprel oxiri, mayning boshlarida u ozodlikka chiqadi. Tikuv sexida ishlamoqda.
Manzil koloniya boʻlgani uchun hamma mahkumlar qatori belgilangan huquqlaridan foydalanib kelmoqda. Uyidagilar, qarindoshlari kelib turishibdi. Ombudsmanchilar kunda shu yerda, ozodlik uchun faqat kun sanab yashamoqda.
“Qamoqdagi rasmim internetga chiqishini istamayman” dedi, shu boisdan koloniya u bilan rasmimizni xizmatda foydalanish uchungina olishdi, menga berishmadi”, - deydi Abdurahmon Tashanov.
Sattoriy, oʻziga chiqarilgan sud hukmi boʻyicha qayta shikoyat qilish niyati yoʻq. Tinchgina axborot texnologiyalari sohasida ishlamoqchi.
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni yuksak salohiyatli lider, deb biladi va unga xizmat qilishdan oʻzidan faxr tuyadi. Aksincha, Tashanov uni jazo muddati bitgach, oʻzini oqlashga urinishga chaqirgan.
“Xullas, ikki mahkumda ikki xil kayfiyat. Biri biroz asabiy va nekbinlik hissidan uzoq, ikkinchisi allaqachon hayotiy maqsadlari, kelajagi haqida xulosaga kelib boʻlgan...
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JIED maʼmuriyatiga mahkumlar bilan shaffof va ochiq muloqot tashkil qilib bergani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Umid qilamizki, bunday uchrashuvlar davom ettiriladi!”, - deyiladi xabarda.