So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan qonun loyihasi maʼqullandi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi takliflari asosida tayyorlangan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun Oliy Majlis Senatining 49-yalpi majlisida koʻrib chiqildi va maʼqullandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Biroq qurilish, ishlab chiqarish va urbanizatsiya koʻlamining kengayishi tabiatga chiqariladigan tashlamalarning keskin ortishiga sabab boʻlmoqda.
Bu esa tabiiy muhitning meʼyoridan ortiq darajada ifloslanishi oldini olish maqsadida tabiatga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini cheklash yoki toʻxtatish mezonlarini qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda.
Bugungi kunda hududlarda, ayniqsa, shaharlarda ayrim sanoat korxonalari tomonidan tashlanmalarning atmosfera hamda suvga meʼyordan bir necha bor yuqori miqdorda tashlanishi fuqarolarning turmush tarzi, hayoti va sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Misol uchun, sanoatning asosiy tarmoqlari hisoblangan energetika, neft va gaz, kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari kabi tarmoqlarda bu jarayon doimiy tarzda monitoring qilinadi.
Monitoring kuzatuv natijalariga koʻra oxirgi bir yil davomida 284 tashkilotning 552 ta ifloslantirish manbasida ifloslantirish darajasi belgilangan meʼyordan ortgani aniqlangan.
Jumladan, atmosfera havosiga tashlama tashlaydigan 77 tashkilotning 152 ta manbasida, suv havzalariga oqava suvlarini tashlaydigan 169 tashkilotning 323 ta manbasida, tuproqlarni ifloslantiruvchi 38 tashkilotning 77 ta manbasida ifloslantirish darajasi belgilangan meʼyordan ortgan.
Shuningdek, 98 tashkilotning 269 ta manbasida ifloslantirish darajasi doimiy tarzda meʼyordan ortganligi aniqlangan.
Yuqoridagi sabab va omillarni inobatga olib, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Bu oʻzgartirishlar korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlarning ekologiyani meʼyoridan ortiq ifloslantiruvchi manbalarini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turishni nazarda tutadi.
Maqsad ekologiyaning meʼyoridan ortiq ifloslanishi hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf yuzaga kelishining oldini olishdir.
Qolaversa, mazkur qonun vakolatli davlat organlarining masʼuliyatini oshirish yoʻlida xizmat qiladi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir