So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qo‘shxotinlik «foydasi». Uch xotiniga aliment to‘lamagani uchun qamalgan erkakning qarzini to‘rtinchi xotini qopladi
Uch nafar farzandiga aliment to‘lamasdan 15 sutkaga qamalgan erkakning qarzini to‘rtinchi xotini qoplab, turmush o‘rtog‘ini muddatidan oldin qamoqdan ozod qildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 37 yoshli qarzdor aliment to‘lovchi ota sobiq turmush o‘rtoqlari Yu.G., Sh.N. va S.M. lardan 2023 yil dekabr oyi holatiga 24 mln 636 ming so‘m qarzdorligi bo‘lgan.
Shu munosabat bilgan, joriy yilning 4 yanvar kunidagi sud qaroriga asosan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilangan. Ushbu voqeadan keyin erining qamoqqa olinishidan qayg‘uga tushgan turmush o‘rtog‘i qarzdorlikni to‘liq bartaraf etgan.
Shundan so‘ng, sud tomonidan qarzdorga nisbatan to‘plangan hujjatlar qayta ko‘rilib, yetkazilgan zarar miqdori qoplanganligi sababli, jazoni to‘liq o‘tamasdan ozod qilingan.