So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Farg‘onada 11 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirgan ikki nafar o‘smirlarga hukm o‘qildi
Ijtimoiy tarmoqlarning birida e’lon qilingan videomurojaatda jabrlanuvchining qonuniy vakili Q. I. jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2024 yil 15 yanvardagi hukmidan norozi bo‘lib, go‘yoki sudlanuvchi voyaga yetmagan B. X.ga yengil jazo tayinlanganligini iddao qilgan.
Sudlanuvchilar B. X., M. S. va D. A.ga oid jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rilgani bois ish tafsiloti oshkor etilmaydi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2024 yil 15 yanvardagi hukmi bilan sudlanuvchi voyaga yetmagan M. S.ga Jinoyat kodeksi 25,97-moddasi 2-qismining “v,z,o” bandlari, 118-moddasining 4-qismi, 119-moddasining 4-qismi bilan ushbu Kodeksning 85-moddasi hamda 59-moddasining 3-qismi tartibida 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sudlanuvchi voyaga yetmagan D. A.ga Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “v,z,o” bandlari, 118-moddasining 4-qismi va 119-moddasining 4-qismi bilan ushbu Kodeksning 85-moddasi hamda 59-moddasining 3-qismi tartibida 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jabrlanuvchi qonuniy vakili Q.I ning sudlanuvchi voyaga yetmagan B. X.ga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo tayinlash haqidagi vajlari asossizdir.
Chunki, sudlanuvchi voyaga yetmagan B. X.ning sudlanuvchilar M. S. va D.A. tomonidan sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar haqida aniq bilgani holda oldindan va’da bermasdan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga aytmasdan, jinoyatni yashirganlikdagi harakatlari Jinoyat kodeksi 241-moddasining 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilingan.
Jinoyat kodeksining 15-moddasiga ko‘ra, sudlanuvchi voyaga yetmagan B. X. ayblangan moddada nazarda tutilgan jinoyat uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar turkumiga kirishi, ushbu Kodeksning 85-moddasida voyaga yetmay turib qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmasligi belgilangan.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 85-moddasi talabiga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan o‘ta og‘ir jinoyati uchun o‘n yilgacha, Jinoyat kodeksining 86-moddasi talabiga ko‘ra, jinoyatlar majmui tariqasida agar sodir etilgan jinoyatlarning bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin.
Sud, mazkur qonun talablariga rioya qilgan holda voyaga yetmagan M. S.ga 14 yil, D.A.ga esa 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.
Hukmdan norozi taraflarga shu sud orqali tegishli muddatda Farg‘ona viloyat sudiga apellyasiya tartibida shikoyat berish huquqi tushuntirilgan.
Sudlanuvchi voyaga yetmagan B. X.ga Jinoyat kodeksi 241-moddasining 2-qismi bilan Kodeksning 62,84/1-moddalari tartibida 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganligi ma’lum qilinadi.