So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Namangandagi tugʻuruqxonada homilador ayol 4 nafar egizak chaqalogʻi bilan vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi tugʻuruqxonada homilador ayol 4 nafar egizak chaqalogʻi bilan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, 2024-yil 13-yanvar soat 21:10 da Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 1-akusherlik boʻlimiga Davlatobod tumani “Nurobod” MFY da yashovchi 2002-yilda tugʻilgan fuqaro M.M. kuchli tugʻuruqoldi ogʻrigʻi bilan ogʻir ahvolda olib kelingan.
Qabul vaqtida unga “1-homiladorlik, 24 hafta 1 kun. Koʻp homilalik. (toʻrt egiz homila). Uretrogidronefroz 3-darajasi. Surunkali anemiya oʻrta darajasi” dastlabki tashxisi qoʻyilgan.
Ayolda mazkur homiladorlik tushish xavfi va uretrogidronefroz 2-, 3-daraja bilan kechgan. Shu sababli M.M. uch marta markazning homiladorlarni davolash boʻlimida zarur muolajalar olgan.
Oʻsha paytda ayolning yaqinlariga 4 egiz homila muddatiga yetib, tugʻilishi qiyin ekanligi va buyraklar uretrogidronefrozi 2-, 3-darajasi homilador salomatligida jiddiy asoratlar berishi mumkinligi haqida tushuntirilgan.
Ayol tibbiy nazoratda boʻlgan vaqtda unga antibakterial terapiya va distress sindrom profilaktikasi oʻtkazilgan. 2024-yil 14-yanvar kuni soat 23:00 da bemorda ogʻriq kuchayib, oʻta qisqa vaqtda homilaning patologik tushishi kuzatilgan. Homilalarning vazni 410 gr, 380 gr, 390 gr va 400 grammdan iborat boʻlgan.
Shundan keyin ayol bachadoni instrumental tozalanib, ginekologiya boʻlimiga oʻtkazilgan. Biroq 15-yanvar soat 06:50 da bemorning ahvoli keskin yomonlashib, unda klinik oʻlim holati yuz bergan. Ayol darhol sunʼiy nafas olish uskunasiga ulanib, birlamchi reanimatsion choralar koʻrilishiga qaramasdan shu kuni soat 07:10 da unda biologik oʻlim kuzatilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga koʻra, bemorning oʻlimiga oʻpka arteriyalarining massiv tromboemboliyasi va oʻtkir yurak-qon tomir nafas yetishmovchiligi sabab boʻlgan.
Hozirda mazkur holat boʻyicha prokuratura xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Ushbu holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qoʻshimcha axborot beriladi.