So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent va Navoiy viloyatida tabiiy gaz tarmogʻiga yashirincha ulangan fuqarolarga jinoyat ishi ochildi
Dastlabki holatda, “Qibraytumangaz” boʻlimi masʼul shaxslari oʻz xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi maʼlum boʻldi.
Toshkent viloyatining Qibray va Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanlarida tabiiy gaz tarmogʻiga yashirincha ulanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Departamentning Qibray tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Qibraytumangaz” boʻlimi masʼul shaxslari oʻz xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, aholiga uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berish va gaz isteʼmolini doimiy monitoringni oʻtkazish choralarini koʻrmaganliklari oqibatida, “Madaniyat” MFYda yashovchi fuqaro Yu.X. oʻz xonadonidagi Issiqxonani tabiiy gaz quvuriga oʻgʻrilik yoʻli bilan yashirincha ulab, 592,1 ming kub tabiiy gazni noqonuniy isteʼmol qilib davlat va jamiyat manfaatlariga 561,2 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qiziltepa tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Gʻoyibon” MFYda yashovchi Z.S. tabiiy gaz tarmogʻiga yer ostidan rezina quvur orqali yashirin ulanib olib, davlat roʻyxatidan oʻtmasdan metall eritish faoliyati bilan shugʻullanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 244,1 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik), 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilyapti.