So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Fitch ratings” agentligi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ “BB” - “barqaror” xalqaro kredit reytingini oʻzgarishsiz saqlab qoldi
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2023-yilning oktyabr oyida xalqaro kredit reytinglarini yangilash boʻyicha tizimli ishlarni boshlagan edi. Joriy yilning 11-yanvarida “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi aksiyadorlik jamiyatining xalqaro indikativ reytingini “BB-“ «Barqaror” darajada baholadi va Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga teng darajada eʼlon qildi.
Taʼkidlash lozimki, xalqaro reyting koʻrsatkichlari yilda bir marotaba yangilanadi. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2023-yilning yanvar oyida ilk bora “BB -“ «Barqaror” kredit reytingi bilan baholangan. Oradan bir yil oʻtib, ushbu “BB-“ «Barqaror” kredit reytingini saqlab qolishga erishildi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJga mazkur darajani berishdan avval “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi mutaxassislari tomonidan bir yil davomida jamiyatning faoliyati tahlil qilindi. Bunda aksiyadorlik jamiyatining nafaqat moliyaviy-iqtisodiy va biznes strategiyasi holati oʻrganildi, balki moliyaviy modeli barqarorligi hamda korporativ boshqaruv tizimi, ishlab chiqarish jarayonlari hamda boshqa yoʻnalishlar ham chuqur tahlil qilindi.
Yana bir muhim jihat, jamiyatga kiritilayotgan investitsiya koʻlamining jozibadorligi va uni boshqarish salohiyati, kredit yukini kerakli darajada nazorat ostiga olish boʻyicha olib borilayotgan tizimli islohotlar samarasi mazkur ijobiy natijaga erishishga xizmat qildi.
«BB-“ darajasi kredit xavflari mavjud boʻlishi mumkin ekani, biroq kompaniya investorlar va kreditorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajara olishini bildiradi.
Shuningdek, mazkur reyting, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJni jahonning investitsiya bozorlarida aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy holatiga va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona pozitsiyasini saqlab qoladi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati