So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Angrenda aholi uchun ajratilgan qariyb 30 tonna koʻmirning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi
Toshkent viloyati Angren shahrida aholiga ajratilgan 28,6 tonna koʻmirning noqonuniy sotilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Departament va IIBning Angren shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Chinobod” MFY hududida “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, fuqaro N.X. faoliyati tugatilgan “K.B.” MCHJning soxta yuk xati asosida aholi uchun ajratilgan 28,6 tonna koʻmirni qayta sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.