So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qirgʻizistonda davlat toʻntarishining oldi olindi. Toʻda boshlari qidiruvga berildi
Qirgʻizistonda davlat toʻntarishini amalga oshirishni rejalashtirgan I.Toshov va T.Kurenovaning sheriklari qoʻlga olindi. Bu haqda Qirgʻiziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MQQ) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida I.Toshov va T.Kurenovlarning Qirgʻizistonning turli viloyatlaridan kelgan oʻnlab tarafdorlari va faol sheriklari aniqlanib, ular tegishli tartibda soʻroq qilinib, har tomonlama koʻrsatma berganlar.

Bundan tashqari, Talas viloyatidan fuqaro “K.A.K.” ushlangan, uning asosiy vazifasi AQSHda turli shaxslardan pul oʻtkazmalarini tashkil etish boʻlgan.

Shuningdek, I.Toshovning yashash joylarida oʻtkazilgan tintuvlar natijasida katta miqdordagi mablagʻlar, qimmatbaho boshqaruv avtomobillari va boshqa moddiy boyliklar aniqlanib, musodara qilingan.


«Hozirda barcha holatlarni aniqlash va davlat toʻntarishini tashkillashtirishda ishtirok etgan boshqa shaxslarni qoʻlga olish boʻyicha tergov-tezkor tadbirlari oʻtkazilmoqda», — deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Qirgʻiziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 326-moddasi 1-qismi va 245-moddasida nazarda tutilgan “Hokimiyatni zoʻravonlik bilan egallab olish”, “Tijorat yoki tijorat tashkiloti xodimlari tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish” kabi jinoyatlar yuzasidan ish ochilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir