So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Salimboy”ga xat yuborgan qirgʻizistonlik deputat topildi
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik xizmati 12-yanvar kuni kechqurun deputat Emil Jamgʻirchiyev qoʻmita binosiga kelgani va u yerda soʻroq qilinib, qoʻyib yuborilgani haqida xabar berdi.
Maxsus xizmatlar xabariga koʻra, bugun Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Jogorku Kenesh spikeri Nurlanbek Shakiyev va “Alyans” fraksiyasi rahbari Janar Akayevga Jamgirchievning tergov harakatlarida ishtirok etishini taʼminlashda yordam berishni soʻrab murojaat qilgan. Ayni vaqtda uni hibsga olish masalasi kun tartibida boʻlib turibdi.
«Oʻsha kuni Jamgʻirchiyev Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasiga keldi, u yerda deputat oʻz advokati ishtirokida gumonlanuvchi sifatida soʻroq qilindi va ular ishtirokida boshqa tergov harakatlari oʻtkazildi, unga tergov organlariga kelish majburiyati belgilandi va qoʻyib yuborildi», - deyiladi xabarda.
Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining qoʻshimcha qilishicha, hozirda Jamgʻirchiyevga nisbatan davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish ishi boʻyicha tergov yakuniy bosqichida va tez orada sudga oʻtkaziladi.
Qayd etish kerak, deputatga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 223 (qonunga hilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish) va 168 moddalari bilan (firibgarlik) jinoyat ishi ochilgan.
Emil Jamgʻirchiyev — Qirgʻizistonning “Alyans” partiyasidan Jogorku Kenesh (JK) deputati. JK Qonunchilik va huquq-tartibot, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aʼzosi. Ilgari u Qirgʻiziston Respublikasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir