So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Bayden Kongress aʼzolarining roziligisiz Yamanga zarba berishga ruxsat bergan

AQSH prezidenti Jo Bayden Yamanning shimoliy va markaziy qismini boshqarayotgan “Ansor Alloh” (xusiylar) harakati obyektlariga Kongress aʼzolarining roziligisiz zarba berishga ruxsat bergan.
Oregon shtatidan Demokratik Kongress aʼzosi Val Xoylining soʻzlariga koʻra, Kongress havo hujumlarini maʼqullamagan. Shu bilan birga, ayrim kongressmenlar voqealarni Iroqdagi urush boshlanishi bilan solishtirishgan.
«Men Iroqda urush boshlanishiga qarshi ovoz berdim. Zoʻravonlik zoʻravonlikni keltirib chiqaradi. Oʻlimga olib keladigan, qimmatga tushadigan va dahshatli urushning kuchayishini oldini olish uchun oʻt ochishni toʻxtatish kerak», - deb yozdi Demokratik kongressmen Barbara Li oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Xusiylarga qilingan hujumlar munosabati bilan respublikachi kongressmen Nensi Meys oʻz ijtimoiy tarmoqlar orqali Baydendan qonunga rioya qilishni talab qildi.
Shu bilan birga, bir qator Kongress aʼzolari AQSH boshchiligidagi koalitsiya amaliyotini qoʻllab-quvvatlamoqda. Xususan Qizil dengizda boshlangan maxsus operatsiyani Rojer Uiker qoʻllab-quvvatladi va shunday dedi:
«Aslida, harbiy operatsiya ikki oy oldin boshlanashi kerak edi, ammo bu Qizil dengizda tartibni tiklash yoʻlidagi yaxshi birinchi qadam boʻldi», - dedi u.
Eslatib oʻtamiz, juma kunga oʻtar kechasi AQSH va Buyuk Britaniya Yamanning turli hududlaridagi toʻrt provinsiya, jumladan, poytaxt Sana, Hodeyda, Taiz va Saadadagi nishonlarga 23-marta havo hujumi uyushtirgani toʻgʻrisida xabar berildi. Biroq xusiylar Britaniya va AQSH umumiy hisobda Yamanga 73 ta zarba raketa uchirganini, oqibatda besh nafar jangari halok boʻlgani va ularning yana olti nafari yaralangani haqida axborot berdi.



