So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buxoroda qozonxona ishchisi pnevmatik quroldan oʻzini otib qoʻydi
Buxoro Davlat universiteti talabalar turar joyi qozonxonasi ishchisi oʻzini pnevmatik quroldan otib qoʻydi va voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu holat joriy yilning 10-yanvar kuni soat 16:20da Buxoro davlat universiteti Talabalar turar joyiga yaqin hududda sodir boʻlgan.
Aniqlanishicha, universitet yotoqxonasiga qarashli qozonxona ishchisi, 33 yoshli fuqaro X.M. yotoqxonaga yaqin manzilda turgan oʻz avtomashinasiga oʻtirgan va yonida boʻlgan pnevmatik qurolni qoʻliga olgan va ehtiyotsizligi sabab tana qismiga yaqin tutgan holda tepkini bosib yuborgan, oqibatda ishchining chap koʻkrak qismi jiddiy jarohatlangan.
X.M. avtomashinasidan tushib, yotoqxonaning birinchi qavatida joylashgan tibbiyot punktiga birinchi yordam soʻrab borgan. Birinchi yordam koʻrsatilgan, biroq qon yoʻqotishi oqibatida u vafot etgan. Hozirgi vaqtda holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.