So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Baxti Tashkentskiy”ning Turkmanistonga qochgan sherigi qoʻlga olindi
Turkmanistonda oʻzbekistonlik “kriminal avtoritet”, ayni vaqtda hibsda saqlanayotgan “Baxti Tashkentskiy”ning doʻsti qoʻlga olindi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” internet-nashri xabar bermoqda.
Nashrning maʼlum qilishicha, Baxtiyor Qudratullayev va uning doʻstlari “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida qoʻlga olingandan soʻng, jinoiy guruh aʼzolaridan biri 7-dekabr kuni Turkmaniston bilan chegarani noqonuniy kesib oʻtib, qochishga muvaffaq boʻlgan.
Turkmaniston Milliy xavfsizlik vazirligiga qochqinning qoʻlga olingan guruh aʼzosi Nargiza Jumaniyozovaning singlisi Bibijon Jumaniyozovaning uyida ekanligi haqida maʼlumot berilgan.
Tezkor qidiruv natijasida erkak qoʻlga olingan, soʻngra “Shovot” chegara bojxona postida Oʻzbekiston maxsus xizmatlariga topshirilgan. Bibijonning uyidan jinoiy guruh aʼzosidan tashqari Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 12 quti dori vositalari topilgan.
Aniqlanishicha, ayol dori vositalari kontrabandasi bilan shugʻullangan. Ayni vaqtda nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Eslatib oʻtamiz, “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev joriy yilning dekabr oyida qoʻlga olingandi.
25-dekabr kuni Qudratullayevning oʻgʻli va guruhning yana bir qancha aʼzolari, jumladan gumondor Nargiza Jumaniyozova ham hibsga olingandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir