So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Tramp AQSH tarixidagi eng yirik deportatsiyani amalga oshirishga vaʼda berdi
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp boʻlajak prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, Amerika tarixidagi eng yirik deportatsiyani tashkil etishga vaʼda berdi. Bu haqda, u Fox News telekanalida bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Mamlakatimiz tarixidagi eng katta deportatsiya harakatini boshlaymiz”, - dedi Tramp.
Sobiq prezidentning taʼkidlashicha, hozirda AQSHda millionlab noqonuniy muhojirlar bor.
“Nyu-Yorkda oddiy talabalarni koʻchada qoldirib, ularning oʻrniga muhojirlarni qoʻyishayotganini koʻrdingizmi? Biz hammani kelgan joyiga qaytaramiz”, - deb taʼkidladi Tramp.
Avvalroq AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson yanvar oyida Jo Bayden prezident boʻlgan davrda Amerika chegarasini 7 milliondan ortiq odam noqonuniy kesib oʻtganini aytgan edi.
Fox News telekanali AQSH bojxona va chegara xizmatidagi manbalarga tayanib xabar berishicha, 2023-yil dekabrida Meksikadan AQSHga kirgan noqonuniy migrantlar soni 302 ming kishidan oshib, mutlaq tarixiy rekord oʻrnatganini xabar qildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir