So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ekvadordagi tartibsizliklar fonida 70 kishi hibsga olindi
Ekvadorda mamlakatdagi tartibsizliklar oqibatida 70 kishi hibsga olindi, deyiladi X ijtimoiy tarmogʻida.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Guayakil va qoʻshni Nobol shahridagi tartibsizliklar chogʻida kamida oʻn kishi, jumladan, ikki politsiyachi halok boʻlgan.
Shuningdek, huquq-tartibot idoralarining 3 nafar xodimi qoʻyib yuborilgan, 17 nafar mahbus qoʻlga olinib, qayta hibsga olingan.
Ekvador Qurolli kuchlari qoʻshma qoʻmondonligi rahbari Xayme Vela Erazo Xavfsizlik kengashi yigʻilishi yakunlari boʻyicha jinoiy guruhlarni harbiy nishonlar deb eʼlon qildi va ular bilan hech qanday muzokaralar oʻtkazilmasligini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Ekvadorda, yil boshida, bir qator qamoqxona tartibsizliklari boʻlib oʻtdi, eng yirik toʻdalarning rahbarlari qamoqdan qochib ketishdi.
Prezident Daniel Noboa Qurolli Kuchlarni nazoratni tiklashga jalb qilish uchun 60 kunlik favqulodda holat eʼlon qildi.
U mamlakatda ichki qurolli mojaro sodir boʻlayotganini eʼlon qildi va armiyaga oʻn minglab ishtirokchilardan iborat 22 jinoiy guruhni zararsizlantirishni buyurdi.
Hukumatning harakatlari notinchlik toʻlqiniga sabab boʻldi. Seshanbaga oʻtar kechasi jinoyatchilar mashina va avtobuslarni yoqib yuborishdi, Guayakilda portlashlar sodir boʻldi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida TC telekanali studiyasini qurollangan shaxslar egallab oldi. Jonli efirda qurol va granatalarni koʻtargan banditlar “politsiya ketsin” degan qichqiriqlar ostida boshlovchiga tahdid qilishdi. Shunga qaramay, xavfsizlik kuchlari barcha garovga olinganlarni ozod qilishga muvaffaq boʻldi va jinoyatchilarni qoʻlga oldi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir