So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fransiya tarixida ilk bor gey Bosh vazir etib tayinlandi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatning yangi bosh vaziri nomini eʼlon qildi. U 34 yoshli taʼlim vaziri Gabriel Attal boʻldi. Fransiyaning avvalgi bosh vaziri Elizabet Born dushanba kuni isteʼfoga chiqarilgandi.
Fransiyada koʻpchilik uning tayinlanishini qator siyosiy magʻlubiyatlardan soʻng va Marin Le Penning millatchi partiyasi gʻalaba qozonishi mumkin boʻlgan mayda Yevropa parlamenti saylovlari oldidan prezident Makron jamoasi tarkibidagi oʻzgarishlar boshlanishi deb baholamoqda.
Attal Fransiya tarixidagi eng yosh bosh vazir va oshkorona oʻzini gey ekanligini tan olgan birinchi hukumat rahbariga aylandi. Janob Attal ochiqchasiga gey ekanligini ommaga eʼlon qilgan, uning “qayligʻi” Yevropa parlamenti aʼzosi Stefan Sejournet (38 yosh) hisoblanadi.
Gabriel Attal — 1989-yil 16-martda Fransiyaning Klamar shahrida tugʻilgan. Uning otasi, advokat Iv Attal — tunislik yahudiy oilasida tugʻilgan.
U poytaxtdagi Siyosiy fanlar institutida tahsil olgan. Shuningdek, u Parij II (Panteon-Assas) universitetining huquqshunoslik darajasiga ega.
Izohlar 3
Умиджон
2024-Jan-09 21:50Дониёр
2024-Jan-10 19:16Жахонгир
2024-Jan-10 22:08Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir