So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident bir qator Prokuratura xodimlarini mukofotladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʻra 8-yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir qator xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Xususan, Oʻzbekiston prokuratura organlaridagi koʻp yillik fidokorona mehnati, yurtimizda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yoʻlidagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oshirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Mardlik” ordeni bilan
Aminov Shoxrux Azamatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari
Xamdamov Ulugʻbek Aslonovich - Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar prokurori
“Doʻstlik” ordeni bilan
Yerniyazova Venera Tajetdinovna - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
“Jasorat” medali bilan
Abdilazizov Davronbek Maxmudjonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
Buronov Nurbek Erkinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Boltayev Halim Husanboyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi
Muratov Jaxongir Dilshatovich - Toshkent shahar Chilonzor tumani prokurori
Sayfulloyev Erkin Xudoyorovich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
Fayziyev Vaxob Kamolovich - Buxoro viloyati Kogon shahar prokurorining katta yordamchisi
“Shuhrat” medali bilan
Abduxakimov Murodullo Togayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi
Karimov Xurshid Akramovich - Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kafedra boshligʻi
Qodirov Abdumoʻmin Abdumajit oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati Sherobod tumani boʻlimi davlat ijrochisi
Tashpulatov Xurshid Sabirjanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Yunusobod tumani boʻlimi boshligʻi
Xabiljonov Ulugʻbek Xabiljon oʻgʻli - Toshkent viloyati Angren shahar prokurori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Izohlar 1
Usmonbek
2024-Jan-09 13:30Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir