So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Bu viloyatlar hokimi, prokurori, ichki ishlar idoralari nima bilan band?” –Prezident
Oʻtgan hafta Namanganda 110 tonna, Qoraqalpogʻistonda 22 tonna aholiga berilishi kerak boʻlgan koʻmir noqonuniy ravishda sotib yuborilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida hududlarda energiya taʼminotini yaxshilash masalasiga eʼtibor qaratildi.
Yigʻilishda bugungi ogʻir vaziyatda elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, oʻgʻirliklar davom etayotgani, bunga joylardagi rahbarlar befarq va sherik boʻlayotganiga chidab boʻlmasligi qayd etilgan.
Dekabr oyi boshidan qariyb 3 mingta, soʻnggi ikki kunda esa 1,5 mingta bunday holat aniqlandi. Ular ayniqsa, Fargʻona (617 ta), Andijon (325 ta), Samarqand (252 ta), Namangan (220 ta), Sirdaryo (218 ta), Toshkent shahrida (269 ta) koʻp.

Misol uchun, elektrdan 8 million kilovatt oʻgʻirlangan, bu – kuz-qish mavsumida 41 ming hovli uylarning bir oylik isteʼmoliga teng. Shu bilan birga, 11,5 million kub metr yoki 19 ming xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandi.
Oʻtgan hafta Namanganda 110 tonna, Qoraqalpogʻistonda 22 tonna aholiga berilishi kerak boʻlgan koʻmir noqonuniy ravishda sotib yuborilgan.
“Bu viloyatlar hokimi, prokurori, ichki ishlar idoralari nima bilan band?", - deb savol qoʻydi Prezident.
Davlat rahbari viloyat hokimlari qozonxona, gaz va koʻmir tarqatish shoxobchalari, avtopark, elektr tarmoqlariga borib, ishlarni koʻzi bilan koʻrmagani, bu ishlarni tashlab qoʻygani keskin tanqid qildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir