So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
“Bu ahmoqlarni sharmanda qilish uchun qilingan aldov operatsiyasi edi” — Kim Chen Inning singlisi

Mehnatkashlar Markaziy Qoʻmitasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chen Janubiy Koreyani ogohlantirdi.
«Yana bir aniq fikrni takrorlashim kerak, bizning armiyamiz eng kichik provokatsiyaga ham darhol javob beradi. Soʻnggi paytlarda Janubiy Koreya harbiy gangsterlarning sevimli soʻzlari “bir zumda, kuchli va oxirigacha” boʻlib qoldi. Bu bayonotlarning takrorlanishi ular uchun oʻlim bilan yakunlanishi mumkin», - dedi u.
Kim Yo Chenning soʻzlariga koʻra, Shimoliy Koreya harbiylari bir kun oldin artilleriyadan oʻq uzmagan, yaʼni bu shunchaki “tuzoq” boʻlgan. Janubiy Koreya harbiylari esa KXDRni darhol “provokator” sifatida koʻrsatishga harakat qilgan.
«Koreya Respublikasi harbiy banditlarining amaliy kuzatuv imkoniyatlari toʻgʻrisida asossiz bayonotlar beradigan, har fursatda aniq kuzatuv va oʻq otish nuqtalariga hujumlar haqida gapiradigan ahmoqlarni sharmanda qilish uchun qilingan aldov operatsiyasi edi. Natija biz kutgandek boʻldi.
Endi oʻylab koʻring, agar bu noqobil harbiy banditlarning notoʻgʻri hisob-kitoblari, asossiz taxminlari, maʼnosiz oʻjarligi va matonati tufayli kutilmagan voqea yuz bersa, oʻn milliondan ortiq aholiga ega Seul qanday xavf-xatarga duchor boʻladi?
Ular shimoliy osmondagi momaqaldiroqni armiyamizning artilleriya oʻqi deb adashib, keyingi safar qanday ahmoqona oʻjarlikni koʻrsatishga qaror qilishlarini bilmaymiz», — deya taʼkidladi Kim Yo Chen.
Bir kun avval Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari KXDR qurolli kuchlari Janubiy Koreyaning Yonpxyondo oroli shimoli-gʻarbidagi hududda 60 dan ortiq artilleriya oʻqlarini oʻqqa tutganini maʼlum qilgan edi. JSS Shimoliy Koreyani 2018-yil 19 centyabrdagi Koreyalararo harbiy kelishuvni buzganlikda aybladi.
Janubiy Koreya harbiylari Pxenyanni Koreya yarim orolida tinchlikka tahdid soluvchi “dushmanlik harakatlari”ni toʻxtatishga chaqirdi va agar Koreya Respublikasi fuqarolariga artilleriya otishmalarining davom etishi xavf tugʻdirsa, mutanosib harbiy choralar koʻrishga tayyorligini bildirdi.



