So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliy gvardiya va Energetika vazirligi noqonuniy ulanishlar, oʻgʻirliklar boʻyicha nazoratni kuchaytiradi
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda davlat rahbari soʻnggi kunlarda aholini qiynayotgan energiya taʼminoti masalasiga toʻxtalib oʻtdi.
Taʼkidlanishicha, viloyat hokimlariga oʻn kun muddatda obyektlarga birma-bir borib koʻrib, sharoit va aholiga xizmat sifatini yaxshilash, energiya sarfi va yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha taklif berish topshirilgan.
Bugundan boshlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuchini safarbar qilib, sharoit ogʻir mahallalarda odamlarni rozi qilish bilan shugʻullanishi kerakligi taʼkidlandi.
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliya gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, oʻgʻirliklar boʻyicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.
“Umuman, energiya resurslari taʼminotidagi bugungi vaziyat tarmoq va hudud rahbarlari uchun katta saboq boʻlishi lozim. Energiya taʼminoti “qoʻl boshqaruvi” orqali emas, tizim asosida ishlashi kerak”, - dedi davlatimiz rahbari.
Ikki oy muddatda energiya taʼminoti tizimini oʻzgartirish, yangi talablarga moslashtirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qoʻyildi.
Ai-80 markali benzin narxini tushirish uchun 1-martgacha joriy etilgan aksiz soligʻidan ozod qilish imtiyozi joylarda “oʻyinga aylanib ketmasligi” kerakligi qatʼiy koʻrsatib oʻtildi.
Bosh prokuratura va Monopoliya qoʻmitasiga viloyat hokimlari bilan birga:
- birja savdolarida va yoqilgʻi quyish shoxobchalarida benzin narxining sunʼiy oshib ketishining oldini olish choralarini doimiy koʻrib borish;
- suyultirilgan gaz va koʻmirni aholiga oʻz vaqtida yetkazib berish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.



