So`ngi yangiliklar
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
“U maxsus tadbirda qoʻlga olinmagan” – Sudyalar oliy kengashi sobiq sudya haqida maʼlumot berdi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Sergeli tumani jinoiy ishlar buyicha sudyasi pora bilan qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Sudyalar oliy kengashi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudining sobiq sudyasi Sh. Yu. Jinoyat kodeksining 208-moddasi (Hokimiyat harakatsizligi) va boshqa moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha gumondor sifatida jalb qilingan.
Biroq ijtimoiy tarmoqlardagi uning goʻyoki “maxsus tadbirda qoʻlga olingani”ga oid xabarlar asossiz, haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Sh.Yu. jinoyat ishi qoʻzgʻatilishidan ancha oldin, Sudyalar oliy kengashi qaroriga asosan lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan, deyiladi kengash xabarida.



