So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ramatov va bir nechta amaldorlarga “hayfsan” berildi
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari va ushbu rahbarlarga ikki oy davomida favqulodda rejimda ishlashga topshiriq berildi.
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Yigʻilish avvalida davlatimiz rahbari soʻnggi kunlarda aholimizni qiynayotgan energiya taʼminoti masalasiga toʻxtalib oʻtdi.
“Kuni-kecha Uchtepani aylanib, pastdagi ahvol boʻyicha xulosalarimni qildim. Ichki koʻchalar, uy-joylar oldi tozaligini ham sizlarga Prezident aytishi kerak-mi?” – davom etdi Prezident.
Hududlarga soʻnggi yillarda 30 mingdan ortiq shtat berilib, mahallalarda sharoitlarni yaxshilash uchun bu yilning oʻzida 12 trillion soʻm berilgani koʻrsatib oʻtildi.
Tuman hokimining 6-7 nafar oʻrinbosari, 4 ta sektor rahbari, mahalla raislari, boshqaruv kompaniyalari shu oddiy ishlarni qila olmagani, xonadonlarga kirib, aholi bilan muloqot qilmagani tanqid qilindi.
Yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar uchun Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.Ramatov, “Oʻzbekneftgaz” raisi M.Abdullayev, “Issiqlik elektr stansiyalari” raisi F.Abduraxmanov, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” raisi D.Isakulov, “Hududiy elektr tarmoqlari” raisi U.Mustafoyev, “Oʻztransgaz” raisi B.Normatov, “Hududgaztaʼminot” raisi B.Eshmurodovga “hayfsan” berildi.
“Agar ular odamlarni aniq reja va tahlil bilan ogohlantirganida, adolatli haqiqatni aytganida, odamlarimiz toʻgʻri tushunib, norozi boʻlmas edi”, dedi Prezident.
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari va ushbu rahbarlarga ikki oy davomida favqulodda rejimda ishlashga topshiriq berildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir