So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sud Olimjon Haydarovning apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. Blogerga 8-yillik qamoq jazosi tayinlangan
Bugun, 28-dekabr kuni bloger Olimjon Haydarovning himoyachisi tomonidan jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona tuman sudining 1-dekabrdagi hukmi ustidan apellyatsiya tartibida berilgan shikoyati koʻrib chiqilgan.
Unga koʻra, Fargʻona viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 28-dekabrdagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hukmi oʻzgarishsiz va shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Eslatib oʻtamiz, O.Haydarov jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona tuman sudining raisi A.Ergashev eʼlon qilgan hukmga koʻra 8-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
O.Haydarovning ayblovidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a” bandi chiqarilib, O. Haydarov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi, 3-qismi “a” bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61 (jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 8-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilangan.
Shuningdek, Majburiy ijro byurosi zimmasiga ijtimoiy tarmoqlardagi O. Haydarovga tegishli barcha kanal, sahifa va guruhlarni hukm qonuniy kuchga kirgandan soʻng oʻchirilishi (bloklanishi)ni taʼminlash yuklatilgan.
Jabrlanuvchi S. M. ga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar undirish boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmaganligi sababli, moddiy va maʼnaviy zarar undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirilgan.