So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Oʻzbekenergotaʼmir” AJ fotoelektr stansiyalarni qurish boʻyicha loyihalarni amalga oshirmoqda
“Oʻzbekenergotaʼmir” AJ issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha ishlarni olib bormoqda.
Hozirga qadar korxona tomonidan stansiyalarda oʻrnatilgan quyosh panellarining quvvati 9,6 MVtni tashkil etadi. Olib borilayotgan loyihalar yakuniga yetgach, tizimdagi fotoelektr stansiyalarining umumiy quvvati 15 MVtga yetadi.

Maʼlumki, bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, bir soʻz bilan aytganda, energiya samaradorligini oshirish davlat siyosatining ustivor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Shunga koʻra, “yashil” iqtisodiyotga oʻtishga qaratilgan islohotlarni kengaytirish boʻyicha mamlakatimizda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur yoʻnalishda “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ tomonidan energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar koʻlami sezilarli darajada kengaydi.

Xususan, korxona tomonidan Prezidentning PQ-4422-sonli «Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida shu kunga qadar elektr stansiyalaridagi quyosh fotoelektr stansiyalarining quvvati 9,6 MVt ga yetkazildi.

Hozirda yana 5,4 MVt quvvatlarni ishga tushirish orqali umumiy quyosh fotoelektr stansiyalarining quvvatini 15 MVtga yetkazish ishlari olib borilyapti.
Jumladan, Toʻraqoʻrgʻon IESda 3,5 MVt, Sirdaryo IESda 520 kVt, Fargʻona IEMda 1 MVt, “Tolimarjon IES” AJda 790 kVt va “Angren IES” AJda 100 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish jarayoni ketmoqda.
Quyosh panellarining toʻliq ishga tushirilishi natijasida yiliga qoʻshimcha 27,0 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 5,0 mln. kubmetr tabiiy gaz iqtisodiga erishiladi.
“Oʻzbekenergotaʼmir” AJ Matbuot xizmati