So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Gurlandagi fermerlar masalasi ortidan hokimiyat mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Qishloq xoʻjaligi vazirligining munosabatidan soʻng masalaga Xorazm viloyati prokuraturasi ham oʻz qarashini bildirdi. Yaʼni viloyat prokuraturasi fermerlarga 2019-yilgi yer ajratish jarayonlarida qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgani aniqlanganini, shu yilning 25-dekabr kuni hokimiyat mansabdorlari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.
Ammo prokuratura munosabatida yer ajratish ishlarida qanday qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganini, hokimiyatning aynan qaysi mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi ochilganiga aniqlik kiritmagan.
Prokuratura munosabati quyidagicha: ayrim fermer hoʻjaliklariga yer maydoni tanlovga qoʻyish bilan bogʻliq hujjatlar oʻrganilganida, tanlov oʻtkaziladigan sanasi koʻrsatilgan holda qaror qabul qilinmaganligi, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmaganligi hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari tanlov oʻtkazilmasdan qonunga zid ravishda ajratib berilganligi va boshqa qator qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan.
Shunga koʻra, sholichilik va boshqa yoʻnalishlarda faoliyat yuritib kelayotgan fermer xoʻjaliklariga yer maydoni ajratish boʻyicha Gurlani tumani hokimining 2019-2021-yillardagi qabul qilingan qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida Urganch tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza kiritilgan va hozirda arizalar sudda koʻrilmoqda.
Bundan tashqari, qayd etilgan holatlar boʻyicha fermer xoʻjaliklari va MCHJlarga yer maydonlari ajratilishida qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan.
Ayni shu holatlar yuzasidan Gurlan tumani prokuraturasi tomonidan 25-dekabr kuni tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat kodeksining 205-moddasi yaʼni hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, 207-modda mansabga sovuqqonlik bilan qarash kabi turdagi jinoyatlarni amalga oshirganlik boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.