So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Kim Chen In armiyaga urushga tayyorgarlikni tezlashtirishni buyurdi – Reuters
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In oʻz harbiylari, oʻq-dorilar ishlab chiqaruvchilari va yadro qurollari sektoriga AQSHning misli koʻrilmagan qarama-qarshi harakatlariga qarshi turish uchun urushga tayyorgarlikni tezlashtirishni buyurdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Shimoliy Koreya axborot agentligi KCNAʻga koʻra, 27-dekabr, chorshanba kuni Shimoliy Koreyaning hukmron partiyasining asosiy yigʻilishida kelgusi yil uchun siyosat yoʻnalishlari haqida gapirar ekan, Kim, shuningdek, Pxenyan “antimperialistik mustaqil” davlatlar bilan strategik hamkorlikni kengaytirishini aytgan.
“Kim Chen In urushga tayyorgarlikni yanada jadallashtirish uchun Xalq armiyasi hamda oʻq-dorilar, yadro qurollari va fuqarolik mudofaasi sohalariga jangovar vazifalarni topshirdi”, — deyiladi xabarda.
Kim, shuningdek, 2024-yil uchun iqtisodiy maqsadlarni belgilab, uni mamlakatning besh yillik rivojlanish rejasi uchun hal qiluvchi yil deb atadi.
“U yangi yil uchun sanoatning asosiy tarmoqlarida jadal surʼatda ilgari surilishi lozim boʻlgan muhim vazifalarni tushuntirib berdi va “qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuqori darajada barqarorlashtirish”ga chaqirdi”, — deyiladi OAV xabarida.
2023-yilda Shimoliy Koreya oʻz konstitutsiyasida yadro siyosatini mustahkamladi, aygʻoqchi sunʼiy yoʻldoshni uchirdi va yangi qitʼalararo ballistik raketani sinovdan oʻtkazdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir