So`ngi yangiliklar
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Oʻzbekistonlik aka-uka migrantlar Rossiyada dahshatli qotilikka qoʻl urishdi
Oʻzbekistonlik aka-uka migrantlar maxsus operatsiyada qatnashayotgan rossiyalik askarning onasini oʻldirib, jasadni boʻlaklarga boʻlib kanalizatsiyaga tashlab ketishdi. Bu haqda “Mash” Telegram kanali maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, marhuma ayol front chizigʻidagi oʻgʻliga oʻzbekistonlik erkakni sevib qolgani bois, otasi bilan ajrashayotganini aytgan va ipoteka uchun 450 ming rubl miqdorda pul soʻragan, oʻgʻli onasi soʻragan pullarni shu zahotiyoq oʻtkazib bergan va onasi bilan umuman aloqani yoʻqotgan.
Rus askari qisqa muddatli taʼtilga chiqib, uyiga qaytgan. Uni kutib olishga onasi chiqmagan. Shundan soʻng, ayolning oila aʼzolari uning ish joyiga, ijaradagi uyiga borishgan, ammo topa olishmagan. Onasini hech qayerdan topa olmagan askar mahalliy politsiyaga murojaat qilishga majbur boʻlgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari koʻp qavatli uyga qoʻyilgan kameralar yordamida joriy yilning 22-dekabr kuni ikki nomaʼlum erkak qoʻlida paket bilan marhumaning uyidan chiqib ketayotganini, keyinchalik paketni kanalizatsiyaga tashlab yuborishganini aniqlashgan.
Dastlabki tergov maʼlumotlariga koʻra, 22 yoshli Yoʻldoshboy (Oʻzbekiston) va uning akasi Oxunjon ayolga oʻtkazilgan 450 ming rublni qoʻlga kiritish uchun birgalikda rus ayoliga hujum qilib, uni oʻldirgan va keyinchalik jasaddan qutilish maqsadida uni boʻlaklarga boʻlib, kanalizatsiyaga tashlashgan. Dahshatli qotillikdan soʻng, ular Oʻzbekistonga qaytib ketishgan.



