So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Hindistonda politsiya libosidagi “qaroqchilar” oʻzbekistonlik erkakning pulini “uxlatib” ketdi
.png)
Hindistonning Gurugram (Gurgaon) shahrida politsiya libosida boʻlgan bir guruh shaxslar oʻzbekistonlik fuqaroni pulini oʻmarib ketdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Gurugram shahrining 53-sektorida shanba kuni kechki soat 21.00 atrofida mehmonxonaga qaytib kelayotgan uch nafar aka-ukani politsiyachilar toʻdasi goʻyoki hujjatlarni tekshirish bahonasida toʻxtatgan.
Ular sumkalarni koʻzdan kechirish jarayonida 16 ming AQSH dollarini oʻgʻirlab, qochib ketgan.
Oʻzini B.S. deb tanishtirgan Oʻzbekiston fuqarosi Gurugram shahrida joylashgan “Artemis” shifoxonasiga buyrak koʻchirish amaliyotini oʻtkazish uchun kelgan.
B.S. ushbu voqea yuzasidan mahalliy politsiya idorasiga murojaat qilgan.
“Mashinadagilar oʻzlarini politsiya xodimlari sifatida tanishtirdi, shaxsiy guvohnomalarini koʻrsatib, sumkalarimizni tekshirish kerakligini aytdi”, - deb taʼkidlangan shikoyat xatida.
Hozir Gurugram shahrining 53-sektori politsiya boʻlimi tomonidan jinoyat qonunchiligining 379A (tortib olish orqali oʻgʻirlik), 419 (oʻzini boshqa kishi deb tanishtirish yoʻli bilan aldash) va boshqa moddalari boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Elchixona tomonidan Hindiston Tashqi ishlar vazirligi va boshqa rasmiy idoralar bilan mazkur holat yuzasidan rasmiy muloqotlar oʻtkazildi, vaziyat nazoratga olindi.
Diplomatik missiya vatandoshlarimizni Hindistonga turli maqsadlar, jumladan, tibbiy muolaja olish niyatida kelish paytida turli shubhali guruh yoki shaxslarning gaplariga ishonib qolmaslik, ayniqsa, moliyaviy masalalar bilan bogʻliq vaziyatlarda shaxsiy xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilish, yirik miqdordagi naqd pul ishlatmaslik, balki bank kartalaridan yoki pul oʻtkazish amaliyotidan keng foydalanishga chaqiradi.
Elchixona bunday holatlar yuzaga kelgan taqdirda zarur konsullik-huquqiy yordami koʻrsatilishi uchun zudlik bilan quyidagi vositalar orqali murojaat qilishni tavsiya qiladi:
Telefon: +91 11 2467 0774/75
Telegram-bot: @consuluzbindia_bot



