So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Navoiyda mahbus choyshabdan sirtmoq yasab, oʻzini osib oʻldirdi
Navoiy shahrida 25-dekabr kuni 11-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkum oʻz joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Unda mahkum choyshabdan sirtmoq yasab, kamera derazasiga oʻrnatilgan temir panjaraga oʻzini osishi oqibatida vafot etgani qayd etilgan. Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) tomonidan nazoratga olinib, ishga taalluqli maʼlumotlar olingan.
Aniqlanishicha, 24 yoshli mahkum Samarqand viloyati Toyloq tumani sudining 2021-yil 10-noyabrdagi hukmiga kura, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirish) va 60-moddasi (bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) bilan 14-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Ombudsmanga taqdim qilingan maʼlumotlarga koʻra, marhum F.Q. muqaddam ruhiyatning oʻzgarishi bilan bogʻliq boshqa kasalliklarga moyilligi boʻlgan mahkumlar roʻyxatida turgan. Mahkum F.Q. jazo muddatini oʻtashi davomida 23-son mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashtirilgan kasalxonaning psixiatriya boʻlimida 2 marotaba davolangan.
Marhumning oila aʼzolari uning jazo muddatini oʻtashi davomida qisqa va uzoq muddatli uchrashuvga kelishmagani, faqatgina mahkum F.Q. ular bilan 6 marotaba telefon orqali suhbatlashgan.
Shuningdek, marhumning noodatiy xatti-harakatlari sababli muassasadagi boshqa mahkumlar u bilan bir kamerada oʻtirishni istamaganligi sababli mahkum F.Q. 2023-yil 24-dekabr kunidan buyon alohida saqlangan.
Hozirda holat yuzasidan maxsus prokuratura tomonidan surishtiruv ishlari olib bormoqda. Ombudsman yuqorida qayd etilgan xabarlar yuzasidan tekshiruv har tomonlama, toʻliq va qonuniy oʻtkazilishini nazorat qiladi.