So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namangan viloyatining 2024-yil uchun mahalliy byudjeti tasdiqlandi
Bugun, 26-dekabr xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdagi qirq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sessiyani xalq deputatlari viloyat kengashi raisi, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshqardi. Sessiyada dastlab Namangan viloyatining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusi yilda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar koʻrib chiqildi.

Kun tartibi davomida Namangan viloyatida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar konsepsiyasi maʼqullandi.

Sessiyada deputatlar xalq deputatlari viloyat Kengashining hamda viloyat hokimining sessiyadan sessiyagacha boʻlgan vaqt oraligʻida qabul qilgan qarorlarini ham tasdiqladilar. Koʻrilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari Ahadbek Haydarov qatnashdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir