So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Navoiydagi qamoqxonada mahkum oʻz joniga qasd qildi
Navoiy viloyatining Navoiy shahrida 25-dekabr kuni soat 14:40 larda IIV JIEK qoshidagi turma uchastkasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkum oʻz joniga qasd qildi, deya xabar bermoqda “Bugun.uz” internet-nashri oʻzining manbasiga tayanib.
Maʼlum boʻlishicha, mahkum choyshabdan sirtmoq yasab, kamera derazasiga oʻrnatilgan temir panjaraga oʻzini osishi oqibatida vafot etgan.
Jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan boʻlib, uning oʻz joniga qasd qilish sabablari oʻrganilmoqda. Shuningdek, maxsus prokuratura surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
24 yoshli mahkum Samarqand viloyati Toyloq tumani sudining 2021-yil 10-noyabrdagi hukmiga kura, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-kismi (qasddan odam oʻldirish) va 60-moddasi (bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) bilan 14-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
2022-yilning 23-noyabr kuni Toshkent viloyati Olmalik shahar sudining hukmiga kura, u JKning 221-moddasi 2-kismi (jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining qonuniy talablariga boʻysunmaslik) va 60-moddasi bilan 4-yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, Toshkent viloyati sudi apellyatsiya instansiyasining 2023-yil 21-fevraldagi ajrimiga asosan jazo muddati 14-yilga keltirilgan.
Maʼlum boʻlishicha, shu yilning 30-may kuni Koson tumani sudining ajrimiga asosan oʻtalmay qolgan 13-yil 4 oy jazo muddatining 3-yilini turma tartibida oʻtash belgilangan.