So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Isroilning Damashqqa bergan zarbasi natijasida eronlik general halok boʻlgan — Tasnim
Eron rasmiylari Isroilning Suriya poytaxti Damashqqa uyushtirgan havo hujumi oqibatida Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining (Eron qurolli kuchlari boʻlimi) yuqori martabali aʼzosi general Said Rizo Musaviy halok boʻlganini daʼvo qilmoqda.
Eronning Tasnim rasmiy agentligi Musaviy Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining tajribali harbiy maslahatchisi boʻlganini aytdi.
Unga koʻra, general Damashq janubi-sharqiy mintaqasiga berilgan aviazarbadan soʻng halok boʻlgan.
“Isroil rejimi bu jinoyat uchun albatta tovon toʻlaydi”, — deyiladi Eron qurolli kuchlari boʻlimi bayonotida.
Isroil rasmiylari Musaviyning oʻlimi haqidagi xabarlarga izoh bermadilar, ular odatda Isroildan tashqaridagi operatsiyalari haqida maʼlumot bermaydilar.
Biroq isroillik harbiylar Suriyadagi Eron bilan bogʻliq nishonlarga bir necha yillardan beri zarba berib kelishadi. Isroil va HAMAS oʻrtasida urush boshlanganidan keyin soʻnggi oylarda bunday hujumlar tez-tez uchrab turibdi.
Maʼlumot oʻrnida, Musaviy Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining Suriyadagi eng yuqori martabali amaldorlaridan biri boʻlgan va Tehron va Damashq oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirishga yordam bergan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir