So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Netanyaxu Gʻazo sektorida harbiy amaliyotlar kengaytirilganini eʼlon qildi
Isroil qurolli kuchlari (SAXAL) Gʻazo sektoridagi harbiy amaliyotlarini kengaytirmoqda, chunki bu XAMAS harakatini yoʻq qilishning yagona yoʻli, dedi bosh vazir Benyamin Netanyaxu ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan murojaatida.
“Isroil fuqarolari, biz Gʻazo sektoridagi harbiy amaliyotlarni kengaytirmoqdamiz, toʻliq gʻalabaga qadar urushni davom ettiramiz. Bu asirga olingan fuqarolarimizni qaytarishning, HAMASni yoʻq qilishning va Gʻazo endi Isroil uchun tahdid boʻlmasligini taʼminlashning yagona yoʻli”, - dedi u.
Siyosatchining soʻzlariga koʻra, harbiy operatsiya vaqt talab etadi va Isroil oxirigacha kurashishga qaror qiladi, ammo bu uchun katta tovon toʻlashga toʻgʻri keladi.
Eslatib oʻtamiz, 7-oktyabr kuni Falastinning HAMAS harakati “Al-Aqso” toʻfoni” operatsiyasi doirasida Gʻazo sektoridan Isroilga raketa uchirdi. Bunga javoban Isroil qurolli kuchlari Gʻazo sektorida HAMASga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir