So`ngi yangiliklar
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
“Baxti Tashkentskiy”ning oʻgʻli qoʻlga olindi

“Dolzarb qirq kunlik” doirasida qoʻlga olingan kriminal “avtoritet” “Baxti Tashkentskiy”ning (Baxtiyor Qudratullayev) oʻgʻli Ixtiyor Qudratullayev ham hibsga olindi. Bu haqda Poytaxt IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan quyidagi shaxslar ushlanib, gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:

1. 1996-y.t. Qudratullayev Ixtiyor Baxtiyor oʻgʻli (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);

2. 1994-y.t. Zafarov Begzod Baxtiyorovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

3. 1983-y.t. Jumaniyazova Nargiza Rustamovna (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

4. 1975-y.t. Badalov Djaxongir Djurayevich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 1-qismi);

5. 1978-y.t. Sulaymonqulov Sherali Roʻziyevich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);

6. 1995-y.t. Tursunboyev Akmaljon Narimon oʻgʻli (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi).
Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.
“Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr koʻrgan boʻlsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 29-noyabr kuni Baxtiyor Qudratullayev Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (IIO xodimini qonuniy talabini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Sud qarori bilan unga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.



