So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Litsenziyasiz faoliyat olib borgan bir nechta turoperatorlar faoliyati vaqtincha toʻxtatildi
Toshkent shahrida litsenziyasiz ishlayotgan bir nechta turoperatorlar faoliyati bir necha kunga toʻxtatildi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, litsenziyaga ega boʻlmay “Umra” tadbirlarini tashkil etish bilan shugʻullanayotgan 23 ta tadbirkorlik subyektlariga kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha muddatlar belgilanib, koʻrsatmalar berilgan.
Belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etmagan “Orzu Travel” MCHJ, “Lastochka – Planeta” MCHJ, “Premier Wanderlust” MCHJ, “Bobissalam-travel” MCHJ “Muslim-Tour MT” MCHJ, “Delta Smart Project” MCHJ larning “chiqish turizmi” faoliyati bilan shugʻullanishga asos boʻlgan litsenziyalari Toshkent shahar Turizm boshqarmasining qarorlari bilan amaldagi qonunchilikka asosan 10 kun muddatga toʻxtatildi.
“Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-avgustdagi 345-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 1-noyabridan boshlab fuqarolarga “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga oid xizmatlarni koʻrsatish faqat mahalliy turoperatorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hurmatli yurtdoshlar, “Umra” ziyoratiga borishda qarorda keltirilgan talablardan kelib chiqqan holda maxsus litsenziyaga ega boʻlmagan turoperatorlar xizmatidan foydalinishda ogoh boʻlishni va keyinchalik turli xil koʻngilsiz xolatlarga tushib qolmaslik uchun litsensziyaga ega boʻlgan turoperatorlar bilan hamkorlikda ishlashni tavsiya etamiz”, — deyiladi xabarda.