So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prigojinning samolyoti Patrushevning buyrugʻi, Putinning roziligi bilan portlatilgan — WSJ
“Vagner” XHK rahbari Yevgeniy Prigojin Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning buyrugʻi bilan oʻldirilgan. Bu haqda WSJ nashri maʼlum qildi.
Amerika nashri Gʻarb razvedka xizmatlari vakillari va sobiq rossiyalik razvedka xodimiga tayanib xabar berishicha, Patrushev Prigojinning shaxsan oʻsib borayotgan siyosiy va harbiy taʼsiridan xavotirda ekanligini va u 2022-yilning yozida Putinga tahdid qilishi haqida ogohlantirilgan.
“Vagner” Ukrainada muvaffaqiyatli jang qilgan bir paytda, uning iltimoslari eʼtiborga olinmagan. Prigojin oktyabr oyida Putinga qoʻngʻiroq qilgan va oʻq-dorilar yoʻqligidan emotsional tarzda shikoyat qilgan.
Suhbat chogʻida ofisda Prigojinning Putinga qoʻpol gapirganini eshitgan Patrushev doxil boshqa odamlar ham boʻlgan. Shundan soʻng Putin Prigojinni eʼtiborsiz qoldirib, Xavfsizlik kengashi rahbari fikrini koʻproq tinglay boshlagan.
2023-yil iyun oyining boshiga kelib, “Vagner” jangchilari Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzish zarurati bilan duch kelishdi, bu aslida XHKni mustaqil tashkilot sifatida tugatilishini anglatardi.
Iyun oyining oxirida Prigojin va Rossiya harbiy qoʻmondonligi oʻrtasidagi qarama-qarshilik ochiq isyonga olib kelganida, Patrushev Prigojindan abadiy qutulish imkoniyatini koʻrib chiqqan.
Jurnal manbalariga koʻra, qoʻzgʻolon paytida Putin qishloq qarorgohida boʻlgan va shu vaqtda Patrushev boshqaruvni oʻz qoʻliga olgan. U Prigojinga xayrixoh zobitlardan u bilan bogʻlanishni soʻradi va Qozogʻiston va Belarus rahbariyatidan yordam soʻradi.
Natijada, Aleksandr Lukashenko vositachi sifatida ishlashga rozi boʻlgan. Qoʻzgʻolondan keyin Kreml Prigojinga hech qanday chora koʻrmadi. U Rossiyada bemalol ishlab, Afrikaga uchib ketdi, lekin u koʻp dushmanlari borligini bilardi.
Avgust oyi boshida Patrushev oʻz yordamchisiga Prigojinni yoʻq qilish boʻyicha operatsiyani ishlab chiqishni buyurgan. Putin bu rejalar bilan tanishgan va unga eʼtiroz bildirmagan.

WSJ maʼlumotlariga koʻra, Moskvaning Sheremetevo aeroportida Prigojin samolyotini xavfsizlik tekshiruvi vaqtida uning qanoti ostiga kichik bomba oʻrnatilgan va u havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay yonib ketgan.
Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov juma kuni kundalik brifingda ushbu nashrda chop etilgan maqolaga izoh berdi:
“Soʻnggi paytlarda, afsuski, Wall Street Journal fantastika bilan shugʻullanishni yaxshi koʻradi”, dedi Peskov.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir