So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Putin Falastin prezidentiga telefon qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan telefon orqali Gʻazo sektoridagi mojaroning kuchayishi va uni hal qilish yoʻllarini muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Rossiya prezidenti Vladimir Putin Falastin Davlati rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qildi. Falastin-Isroil mojarosining misli koʻrilmagan kuchayishi, birinchi navbatda, Gʻazo sektori bilan bogʻliq masalalar atroflicha muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Putin Rossiya anklavga zarur tovarlar, jumladan, dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berishda davom etishini taʼkidladi.
U, shuningdek, Falastin rahbariyatining mojaroni yumshatish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Bundan tashqari, har ikki yetakchi Gʻazo sektoridagi qon toʻkilishini tezda toʻxtatish va tinchlik muzokaralarini qayta boshlash muhimligiga ishora qildi.
Eslatib oʻtamiz, 7-oktyabr kuni Falastinning HAMAS harakati “Al-Aqso” toʻfoni” operatsiyasi doirasida Gʻazo sektoridan Isroilga raketa uchirdi. Bunga javoban Isroil qurolli kuchlari Gʻazo sektorida HAMASga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir