So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Netanyaxu Gʻazo sektorini muddatidan oldin bosib olishni taklif qildi
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Gʻazo sektorini muddatidan oldin bosib olish gʻoyasini ilgari surmoqda. Bu haqda Washington Post xabar bermoqda.
Oq uyning yuqori martabali mulozimining gazetaga aytishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Tel-Avivni mojaro tugaganidan keyin Falastin maʼmuriyatining anklavga qaytishiga rozi boʻlishga koʻndirmoqchi.
“Netanyaxu Gʻazoni Isroil tomonidan muddatidan oldin bosib olish gʻoyasini ilgari surdi. Biroq sektorni kelajakda kim tomonidan boshqarilishini aytmadi”, - deyiladi xabarda.
Nashrning aniqlik kiritishicha, bu taklif koʻpchilik isroilliklar tomonidan rad etilgan. Shu bilan birga, Vashington oxir-oqibat Netanyaxuni Gʻazo sektori ustidan nazoratni Falastin milliy maʼmuriyatiga topshirishga rozi boʻlishga koʻndira oladi, deb hisoblaydi.
Avvaliga Gʻazoga insonparvarlik yordamini kiritmasligini yoki sulhga rozi boʻlmasligini aytgan Isroil hukumati oxir-oqibat Qoʻshma Shtatlar bosimidan soʻng ikkala masalada ham bir qarorga keldi, dedi rasmiylardan biri.
“Bu hujumdan soʻng Isroilda mamlakatni qoʻllab-quvvatlagani uchun mashhur boʻlgan AQSH prezidenti Jo Baydenning bosimi Netanyaxuning Falastin maʼmuriyatiga taslim boʻlishiga taʼsir qilishi mumkinligi haqidagi umidlarni kuchaytiradi”, — deyiladi maqolada.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir