So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-dekabr kuni tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turgan Qirgʻiz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi.
Xabarda aytilishicha, mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va keng koʻlamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitish masalalari koʻrib chiqilgan.

Uchrashuv avvalida tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev Mirziyoyevga Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Oʻzbekiston yetakchisi keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik yuksak darajaga chiqqani va sermahsul tus olganini, shu jumladan parlamentlar, hukumatlar, hududlar, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar darajasidagi muloqot va almashinuvlar ancha faollashganini katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

“Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritmoqda. Oʻzbekiston-Qirgʻiziston taraqqiyot fondi ishga tushirildi. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmlari ortmoqda, mashinasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Qoʻshma madaniy-gumanitar tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.
Faol siyosiy muloqotni davom ettirish hamda ustuvor dastur va loyihalarni, shu jumladan “Xitoy – Qirgʻiziston - Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini jadallashtirish muhimligi alohida taʼkidlandi”, — deyiladi xabarda.
Izohlar 2
Zuhra G'oziyeva
2023-Dec-22 18:24Абдусалом
2023-Dec-22 18:27Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir