So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Prilepinning bayonoti ortidan Rossiya elchisi TIV binosiga chaqirildi

Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchisi O.Malginov Tashqi ishlar vazirligiga taklif etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, bugun, 21-dekabr kuni Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O.Malginov taklif etildi.
Uchrashuv davomida Rossiya vakiliga “Rossiya segodnya” matbuot-markazida boʻlib oʻtgan anjumanda “Spravedlivaya Rossiya – za pravdu” partiyasi hamraisi Zaxar Prilepinning Oʻzbekiston hududini Rossiyaga qoʻshib olish zarurligi haqidagi taklifi Oʻzbekistonda chuqur tashvish hissi bilan qabul qilingani yetkazilgan.
“Rossiya Federatsiyasi kabi doʻst mamlakat partiya rahbarlarining bunday oʻylamay bildirayotgan munosabatlari, afsuski, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhiga mos kelmasligi maʼlum qilindi.
Rossiya ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan bu kabi bayonotlar ataylab provokatsion ruhda boʻlib, xalqlarimiz oʻrtasida oʻrnatilgan tarixiy doʻstona munosabatlarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Oʻz navbatida, O.Malginov toʻliq masʼuliyat bilan Z.Prilepinning bayonotlari Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining doʻst va mustaqil Oʻzbekiston toʻgʻrisidagi rasmiy pozitsiyasiga umuman aloqasi yoʻqligini taʼkidladi.
Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi vakili sifatida Elchi “Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uning mamlakatida hech qachon shubhaga olinmagan”ligini bildirdi. O.Malginov, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi yaqin vaqt ichida ushbu hodisa boʻyicha izoh berishni rejalashtirayotganini qayd etdi”, — deyiladi xabarda.



