So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Izboskan tumanining sobiq hokimi hibsga olingani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Izboskan tumani sobiq hokimi Serobiddin Ismoilov qamoqqa olingani aytilmoqda.
Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, Ismoilovga nisbatan noqonuniy qarorlar bilan yer maydonlarini ajratishda talon-torojlikka yoʻl qoʻygani uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ammo Izboskan tumaniga 5-yil davomida hokimlik qilib kelgan Ismoilov kutilmaganda joriy yilning 10-dekabr kuni Prezident maslahatchisi oʻrinbosari hamda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligida sessiyada ishdan olingan.

Tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish ayni kungacha tuman hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hojiakbar Umarovga yuklatilgan.

Eng qizigʻi ushbu sessiyada sobiq hokimning oʻzi ishtirok etmagan. Bundan bilsa boʻladiki, Ismoilov hokimlik lavozimidan boʻshatilmasdan oldin, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib ketilgan boʻlishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olingani haqida xabar berilgandi. Voitov hibsga olinishi boʻyicha Oliy sud munosabat bildirib, sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanayotganini maʼlum qilgandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir