So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori vafot etdi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori, iqtisodiyot fanlar nomzodi, professor Kudaybergenov Janpolat Shamuratovich 2023-yil 21-dekabr kuni 45 yoshida vafot etdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Janpolat Shamuratovich mehribon ustoz va jonkuyar rahbar, yangiliklarga intiluvchan inson sifatida katta bir jamoani boshqardi. Uning rahbarligida minglab talabalar bilim oldi, shogirdlar yetishib chiqdi, ilmiy izlanishlar olib borildi.
Professor Kudaybergenov Janpolat Shamuratovichning mamlakatimiz ilm-fani rivojiga qoʻshgan hissasini inobatga olinib, uning xizmatlari Hukumatimiz tomonidan ham munosib taqdirlangan. Hayotdan bevaqt ketganiga qaramay, Janpolat Shamuratovichning oʻz ishiga vijdonan yondashishi, xizmatga sodiqligi, kamtarligi va jamoaviylik ruhi kelajak avlodlarni ilhomlantirishda davom etadi.
Mehribon ustoz, kamtarin inson Janpolat Shamuratovichning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, — deyiladi xabarda.
Janpoʻlat Kudaybergenov — 1978-yil 10-martda Nukus shahrida tugʻilgan. 2000-yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini, 2001-yilda Birmingem universitetini (Buyuk Britaniya) tamomlagan.
2010-2014-yillarda Toshkent moliya institutining Hisob va audit fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2014-2017-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida ishlagan.
2018-yildan YOJU texnika institutining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori. 2019-yildan Oʻzbekistondagi birinchi xususiy oliy oʻquv yurti rektori lavozimida faoliyat yuritdi.