So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Quvaytning yangi amiri qasamyod qabul qildi
Bugun, 20-dekabr kuni Mashaal al-Jobir al-Ahmad al-Saboh akasi vafot etganidan soʻng, Kuvayt Milliy Assambleyasi oldida qasamyod qildi. Bu haqda Quvayt televideniyesi xabar bermoqda.
Milliy televideniye orqali jonli efirda qasamyod qilar ekan Saboh, “Xalqimiz erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, davlatimiz yerlarida tinchlik uchun xizmat qilishga qasamyod qilaman” dedi.
Quvaytning yangi amiri 2020-yil oktyabr oyida valiahd shahzoda boʻldi. U mamlakatni 1921—1950-yillarda boshqargan, Quvayt amiri Ahmad Al-Jobir Al Muborak Al Sabohning yettinchi oʻgʻli hisoblanadi.
Saboh Britaniya taʼlim muassasalaridan birining politsiya boʻlimini bitirgan va Quvayt Ichki ishlar vazirligida 20-yilga yaqin turli lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, u 2004-yilda Milliy gvardiya boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlangan va uzoq vaqt davomida ushbu tizimni takomillashtirish ustida ishlagan.
Quvayt OAVlarining yozishicha, yangi amir davridagi tashqi siyosati mamlakatning avvalgi hukmdorlari bilan uygʻun boʻlishi va birinchi navbatda Quvaytning Fors koʻrfazidagi arab qoʻshnilari bilan aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib borishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, shanba kuni amiral ishlar vaziri Muhammad Abdulloh al-Muborak as-Saboh davlat televideniyesi orqali 2020-yil sentyabridan beri taxtda turgan amir Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 86 yoshida vafot etganini eʼlon qildi. Shu munosabat bilan mamlakatda 40 kunlik motam eʼlon qilindi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir