So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda xalqning gazini oʻgʻirlagan mansabdorlar qoʻlga olindi
Samarqand viloyatida koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan mansabdor shaxs qoʻlga olindi.
Maʼlum qilinishicha, “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali metrologiya xizmati boshligʻi R.J. oʻz mansab vakolatlaridan foydalanib, Narpay tumanida joylashgan “Karim qurilish savdo” xususiy korxonasining norasmiy rahbari O.A. va uning jinoiy aloqalari tomonidan oʻgʻirlangan tabiiy gaz hisobini yashirish maqsadida, yetkazib berilgan va isteʼmol qilingan tabiiy gaz hisob-kitoblarini muntazam oʻzgartirib kelgan.
Shu bilan birga, u yuqori bosimli gaz tarmoqlarida yuzaga kelgan kamomad va ehtimoliy oʻgʻirlik holatlari mavjudligini bilib tursa-da, masofadan turib gaz tarqatish stansiyalaridagi gaz hisoblagichlariga tashqi taʼsir koʻrsatgan. R.J. qoʻlga olingan.
Yuqoridagi holatga koʻmaklashgan “Narpaytumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan Z.A. ham Narpay tumanida joylashgan “Karim qurilish savdo” xususiy korxonasi norasmiy rahbari O.A. va uning jinoiy aloqalarining noqonuniy faoliyatiga amaliy yordam berib, amalga oshiriladigan tekshiruv tadbirlari xususida oldindan xabardor qilib kelgan.
Hozirda R.J va Z.A.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir