So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qirgʻiziston parlamenti davlat bayrogʻini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi
Qirgʻiziston parlamenti chorshanba kungi yigʻilishda davlat bayrogʻini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi. Bu haqda RIA Novosti respublika qonunchilik assambleyasi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
“Parlamentning bugun, 20-dekabrdagi yigʻilishida deputatlar “Qirgʻiziston Respublikasining davlat ramzlari toʻgʻrisida”gi qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar va qabul qildilar”, — deyiladi xabarda.
Qonun loyihasi tashabbuskorlari parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov edi. Shuningdek, davlat ramzlarining ushbu elementini oʻzgartirish Prezident Sadir Japarov tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Qonun loyihasida tunduk (yurt tepasi) atrofidagi bayroqda joylashgan nurlarning toʻlqinsimon shaklini toʻgʻrisiga oʻzgartirish taklif etiladi.
Qonun loyihasi tashabbuskorlarining taʼkidlashicha, koʻpchilik toʻlqinsimon nurlarni mamlakatning asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari hisoblanmaydigan kungaboqar bilan bogʻlaydi. Shu bilan birga, toʻgʻridan-toʻgʻri nurlar, deputatlarning fikriga koʻra, quyosh nurlariga koʻproq oʻxshaydi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir