So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Bloger Otabek Axliddinov uzoq muddatga qamaldi
Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasi qabulxona-diagnostika boʻlimi sobiq mudiri, bloger Otabek Axliddinovga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Andijon viloyati sudlari matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Xonobod shahar sudining 2023-yil 24-noyabrdagi hukmiga muvofiq Otabek Axliddinov jabrlanuvchi J. M.ning mulkini tovlamachilik yoʻli bilan qoʻlga kiritganlik yuzasidan eʼlon qilingan ayblov epizodi boʻyicha jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 1-bandi bilan oqlanib, jinoyat ishining shu qismi tugatilgan.
Shuningdek, O. Axliddinov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “a” bandi va 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash), 61 (jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 3-yilga muayyan huquqlardan, yaʼni davlat tashkilotlarining mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarida ishlash hamda blogerlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqlaridan mahrum qilgan holda 5-yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
O. Axliddinov va uning himoyachisi tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati va Xonobod shahar prokurori tomonidan keltirilgan apellyatsiya protesti koʻrib chiqilib, Andijon viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2023-yil 5-dekabrdagi hukmi bilan birinchi instansiya hukmi bekor qilinib, O. Axliddinov Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan (jabrlanuvchi J. M.ning mulkini tovlamachilik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi boʻyicha epizod) Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-bandiga asosan oqlandi.
Shuningdek, O. Axliddinov Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a” bandi va 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismi va 61-moddasiga asosan 3-yilga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash hamda blogerlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilib, 7-yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shu tariqa apellyatsiya protesti qanoatlantirilib, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.