So`ngi yangiliklar
Ona farzandini vasiylik va homiylik tashkilotiga topshirishni hohlamagan
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Isroil Gʻazo sektoriga umumiy hisobda 53 tonna bomba tashlagani maʼlum boʻldi
.jpg)
7-oktyabrdan beri Isroil blokadadagi Gʻazo sektoriga hujum qilish uchun umumiy hisobda ogʻirligi 53 tonna boʻlgan bombadan foydalangan
Gʻazo sektoridagi hukumat matbuot idorasi bayonotida keltirilishicha, sektorda Falastin xalqiga qarshi keng qamrovli genotsid amalga oshirilgani, anklavning har kvadrat metri Isroil va Amerika kuchlari tomonidan bombardimon qilingani qayd etilgan.
Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida jami 52,5 ming turar-joy binosi vayron boʻldi, 306,5 ming uy-joy qisman zarar koʻrdi.
Bundan tashqari, Isroilning Gʻazo sektoridagi bombardimonlari natijasida 126 ta maʼmuriy bino va 112 ta masjid toʻliq vayron boʻlgan, 200 ta masjid qisman zarar koʻrgan. Yana 3 ta cherkov jiddiy zarar koʻrgan, 90 ta maktab va universitet butunlay ishdan chiqqan, 282 ta maktab va universitet qisman zarar koʻrgan.
Isroil hujumlaridan jabr koʻrgan 22 kasalxona ishdan chiqdi
Isroil hujumlari natijasida 22 kasalxona va 53 tibbiyot markazi butunlay ishdan chiqqan, yana 138 ta tibbiyot muassasasi Isroil armiyasi hujumlari nishoniga aylangan. Bundan tashqari, 102 ta tez tibbiy yordam mashinasi yaroqsiz holatga keltirilgan.
Isroil hujumlarida 300 tibbiyot xodimi halok boʻldi
Isroil hujumlarida 300 tibbiyot xodimi, 32 fuqaro huquq tartibot xodimi va 96 ommaviy axborot vositalari xodimi halok boʻldi.
Xabarda aytilishicha, yana 40 nafar tibbiyot xodimi va 8 nafar OAV xodimi Isroil kuchlari tomonidan hibsga olingan. Bundan tashqari, 7 ming kishi, asosan, bolalar va ayollar bedarak yoʻqolgan.



